35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputat daftari" – muammolarni tizimli hal etishning muhim vositasi
янв.21
24-muhim tavsiya doirasida: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati deputat nazoratida
янв.21
24-Botirma saylov okrugida bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
3-Katta Chilonzor saylov okrugida hududni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
📆XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 iyul–31 iyul)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI AMALDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI
#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada shahar Kengashi deputatlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda shahar Kengashi huzuridagi ekspert maslahat guruhi va yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Kengash raisi O.Axmatshayev raislik qildi.

Sessiya kun tartibiga saylov jarayonlarini tashkil etishga oid uchta masala kiritildi. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga bo‘shab qolgan 5-Do‘stlik saylov okrugi bo‘yicha saylov uchastka komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, mazkur saylovni moliyalashtirish hamda shahar saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov axborot berdi. Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi 1468-sonli qaroriga muvofiq, 5-Do‘stlik saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan tegishli saylov uchastka komissiyalari a'zoligiga tavsiya etilayotgan nomzodlar deputatlar e'tiboriga havola qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasini komissiya raisi X.Abdurahmonov oʻqib eshittirdi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan so‘ng qaror loyihasi ovozga qo‘yilib, bir ovozdan qabul qilindi.

Sessiyaning ikkinchi va uchinchi masalalari yuzasidan shahar saylov komissiyasi raisi A.Nurmatov axborot berdi. Unda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylovni moliyaviy ta'minlash hamda shahar saylov komissiyasi tarkibini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan mazkur masalalar yuzasidan berilgan xulosa komissiya raisi E.Yunusov tomonidan deputatlarga o‘qib eshittirildi. Muhokamalardan so‘ng har ikkala masala bo‘yicha ham tegishli qarorlar deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilgani qayd etilib, qabul qilingan qarorlar bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylovni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ochiq va shaffof tashkil etishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 10