35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani muammosi yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy yordamlar tayinlanishi jarayonini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI RIMA XIDIYATULINA MAHALLADA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTATNING IKKINCHI CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILAR OLDIDAGI AXBOROTI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: MAHALLA RAISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida mahalla raisi J.Salimov bilan uchrashuv o‘tkazilib, PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi,xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini amaliyotga joriy etish, fuqarolarning ijtimoiy faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.Shuningdek, deputat tomonidan mahalla raisiga Farmon ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bir qator savollar berildi.Jumladan mahallada “Mahalla yettiligi” faoliyati qanday tashkil etilgani,ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar,aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash holati yuzasidan tushuntirishlar olindi.Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 450 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish, mahalla hududida dorixona tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur taklif va tashabbuslar deputat ishtirokida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.Xususan, “Qayilma” MFY hududidagi 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 450 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish masalasini Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda mas’ul rahbarlarga deputatlik nazorati tartibida savollar kiritish belgilandi. Ushbu masala deputat nazoratiga olindi.O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3