Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20 iyul–24 iyul)
янв.21
2-Chilonzor saylov okrugi deputati A. Miryunusov tomonidan Chilonzor mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holatini o‘rganildi.
янв.21
2-Chilonzor saylov okrugi deputati A.Miryunusov Chilonzor mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-22-66-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq iyul–avgust oylarida "Tez yoz" chempionati tashkil etiladi.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH BO‘YICHA “MINI-BIZNES LOYIHALAR” TANLOVI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
Lutfiy mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Yoshlar 1+1” dasturi doirasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda
янв.21
Bo‘rijar mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Aziza Bahodirova Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Aziza Bahodirova Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash hamda jamoat salomatligini yaxshilashga qaratilgan qator masalalar muhokamasida o‘z fikr va takliflarimni bildirdim.

👩‍⚕️ Muhokamalar davomida Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi faoliyati yuzasidan kadrlar tanqisligi mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tibbiyot oliygohlarini tamomlayotgan bitiruvchilarni oldindan saralab olish, ular bilan o‘zaro shartnomalar tuzish hamda tibbiyot muassasalarida malakali mutaxassislar salohiyatini bosqichma-bosqich oshirishni tavsiya qildim.

🩺 Ikkinchi muhim taklifim aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan skrining tadbirlarini yanada kuchaytirish va ularning natijalari bilan tizimli ishlashga qaratildi. Ayniqsa, qandli diabetning oldini olish, kasallikni erta aniqlash hamda profilaktika tadbirlarini kengaytirish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladim.

🦠 Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida aholining sanitariya madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlarini yanada faollashtirish zarurligini bildirdim. Xususan, aholi gavjum maskanlarda hamda oilaviy poliklinikalarda sanitariya qoidalariga oid ijtimoiy reklamalar va axborot materiallarini ko‘paytirish samarali natija berishini qayd etdim.

📝 Jamoat salomatligini yaxshilash maqsadida avtomobil yo‘llari bo‘ylarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish, ularni muntazam tekshiruvlardan o‘tkazish hamda amaldagi sanitariya me’yorlariga to‘liq muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarimni ilgari surdim.

🤝 Ishonchim komilki, doimiy komissiya yig‘ilishlarida ilgari surilayotgan bunday amaliy takliflar sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda poytaxt aholisining salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🗣Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi - Aziza Bahodirova

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424) 

Slide 1 of 1