Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmaatullayevich yoshlar bilan samimiy va mazmunli suhbat o‘tkazdi.
янв.21
Chilonzor tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi uchun mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi
янв.21
Chilonzor tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasini amalda: Deputat M.Kim tashbbusi bilan "Ertaklar olamiga sayohat" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
126-sonli umumta’lim maktabi hududida yangi maktab qurilishi bo‘yicha qaror tasdiqlandi.
янв.21
“Katta Chilonzor-3” MFY hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazi barpo etiladi.
янв.21
Deputat so‘roviga belgilangan tartibda rasmiy javob olindi
янв.21
📗ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
12-Navbahor okrugida Kengash rejasiga asosan Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi organildi.
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati D.A. Maxmudova hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.
DEPUTATLAR FAOLIYATI TELEKO‘RSATUVDA

Dastlab deputatlar Yangiyer shahridagi 7-son umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy kutubxona, boyitilgan kitob fondi, elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ta’lim sifati va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ta’lim muassasalarida yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning bilim olishi va intellektual salohiyatini oshirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Ko‘rsatuvda Sayxunobod tajribasi asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘z aksini topdi. Xususan, deputatlik so‘rovi orqali tadbirkorga imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani, buning natijasida zamonaviy issiqxona tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilgani e’tirof etildi. Bu esa deputatlik nazorati va amaliy ko‘makning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Shuningdek, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda dori-darmon ta’minoti holati deputatlar tomonidan batafsil o‘rganildi. Bildirilgan taklif va tavsiyalar tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratildi.

Navbatdagi manzil Yangiyer shahridagi 4-son umumta’lim maktabi bo‘ldi. Bu yerda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi me’yorlar asosida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ko'rsatuv davomida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Surayyo Sultonova intervyu berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–377-son qarori ijrosi doirasida 4-son umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va rekonstruksiya ishlariga deputatlik nazorati o‘rnatilganini ta’kidladi. U mazkur obyektda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlar tomonidan muntazam nazorat qilinayotganini qayd etdi.

Tashrif yakunida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida deputatlar ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ko‘rsatuvda ishtirok etgan fuqaro Muborak Otaboyeva o‘z intervyusida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashiga qilgan murojaati ijobiy hal etilganini mamnuniyat bilan ta’kidlab, deputatlarning aholi muammolarini hal etishdagi amaliy yordami va e’tiboriga minnatdorlik bildirdi.

Bugun xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining bosh mezoni – aholi manfaatlarini ta’minlash, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishdan iborat. Deputatlarning hududlarga chiqib ishlashi, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilishi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganishi aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda.

✅ Xalq bilan ochiq muloqot, tizimli nazorat va amaliy natija — deputatlik faoliyatining eng muhim mezonidir.

Slide 1 of 1