Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X. Sultonov hamda "Saidlar" saylov okrugidan saylangan deputat N. Qurbonova tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish davomida fuqaroning oila a'zosining sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat, oilaviy sharoiti hamda bandlik masalalari yuzasidan bildirgan murojaati atroflicha tinglanib, taqdim etilgan hujjatlar asosida mavjud vaziyat o‘rganildi.
📝 Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda bandligini ta'minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e'tibor qaratish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.