Qonun bilan tartib – sog‘lom raqobat garovi!
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan.
Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan.
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — tovar va moliya bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, monopolistik holatlar hamda raqobatni cheklovchi harakatlarning oldini olish, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.
Qonun bilan:
♾ insofli va halol raqobat tamoyillari mustahkamlandi;
♾ tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratildi;
♾ iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari kuchaytirildi;
♾ raqobatni cheklovchi xatti-harakatlarga qarshi ta’sirchan choralar belgilandi.
Sog‘lom raqobat — iqtisodiy taraqqiyot, sifatli mahsulot va xizmatlar hamda iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.