Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmaatullayevich yoshlar bilan samimiy va mazmunli suhbat o‘tkazdi.
янв.21
Chilonzor tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi uchun mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi
янв.21
Chilonzor tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasini amalda: Deputat M.Kim tashbbusi bilan "Ertaklar olamiga sayohat" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
126-sonli umumta’lim maktabi hududida yangi maktab qurilishi bo‘yicha qaror tasdiqlandi.
янв.21
“Katta Chilonzor-3” MFY hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazi barpo etiladi.
янв.21
Deputat so‘roviga belgilangan tartibda rasmiy javob olindi
янв.21
📗ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
12-Navbahor okrugida Kengash rejasiga asosan Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi organildi.
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati D.A. Maxmudova hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot va hududdagi muammolar o‘rganildi

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4 Yangi hayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari K. Abdullayeva va T. Murodov ishtirokida Yangi hayot va Uchqizil mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganildi hamda mavjud muammolar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5