35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va tuman tashkilotlari hamkorligi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning tuman tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Kengash qarori ijrosi doimiy komissiya nazoratida
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI
янв.21
Kengash qarori ijrosi Doimiy komissiya nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya raisi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIRGA TAKLIF
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
24-muhim tavsiya doirasida: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari o‘rganildi.
Deputatlik so‘rovi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan saylovchi murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Kadastr bo‘limi tomonidan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligi mutaxassislari tomonidan fuqaro bilan bevosita bog‘lanilib, huquqni belgilovchi hujjatlarni tiklash, meros huquqini rasmiylashtirish hamda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha fuqaroga tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Deputat Sh.Nazarova tomonidan mazkur murojaat ijrosi nazoratga olinib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda masalaning amaliy yechimiga erishish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi