#24_ta_masala
🏛 “Nuroniylar maskani” faoliyati o‘rganildi
✅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamkorligida tumandagi “Nuroniylar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅O‘rganish davomida maskanda nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning mazmunli hordiq chiqarishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅Shuningdek, nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, maskan faoliyatini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan fikr almashildi.
✅Keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish hamda munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube