Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati sessiyadan oldin o'rganildi va ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQARONING UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
21-Xirmontepa saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratildi.
янв.21
Yosh sportchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deputatlik tashabbusi amaliy natija berdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Chilonzor tuman Kengashida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Ravshanbekov ishtirokida kotibiyat va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda “Yashil bog‘” loyihasi ijrosi o‘rganildi
Deputat yoshlar siyosati ijrosi bilan tanishdi

 Deputat yoshlar siyosati ijrosi bilan tanishdi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Raximova
Bog‘zor mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida mahallada davlat yoshlar siyosatini samarali amalga
oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini
tizimli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr
almashildi.
 

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish,
manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda mahalla miqyosida amalga oshirilayotgan
loyihalar ijrosini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar
bildirildi. Ta’kidlanganidek, yoshlar manfaatlarini ta’minlash va ularning
jamiyatdagi faolligini oshirish ustidan deputatlik nazorati doimiy e’tiborda
bo‘ladi.
 

   

Slide 1 of 1