Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda “Yashil bog‘” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining iyul oyida tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylov okruglarida o‘tkaziladigan uchrashuvlar jadvali rasman tasdiqlandi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – samarali deputatlik faoliyatining asosi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRILDI.
янв.21
🌳✍️ “YAKKATUT” MFY HUDUDIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDAGI MASALA YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRIDI. “BESHQO‘RG‘ON” MFYDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI YANGILANDI
янв.21
Deputatlarning 2026-yil II chorakdagi saylovchilar bilan hisobot uchrashuvlari reja-jadvali yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri axborot berdi
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining xulosasi Kengash sessiyasida o‘qib eshittirildi.
#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputati Matluba Aminovaning tashabbusi bilan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Jumladan, mahalladagi homiylar ko‘magida 21-son umumta’lim maktabi old qismidagi 1 kilometr ichki yo‘lda zamonaviy lotoklar o‘rnatish hamda piyodalar yo‘laklariga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilishi belgilandi.

Mazkur tashabbus hudud aholisiga, ayniqsa o‘quvchilar va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari orqali yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yomg‘ir va oqova suvlarning oldini olish hamda hududning obod qiyofasini ta’minlash maqsad qilingan.

Bu kabi amaliy tashabbuslar aholi manfaatlarini ta’minlash va mahallalarni yanada obod etishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 5