Aholi murojaatlari o‘rganildi.
Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Rustamova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid muammolari, shuningdek, xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Nazorat talab etadigan masalalar ijrosi nazoratga olinib, aholi muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.