🏛 Baxmal tumanida pensiya ta’minotiga oid qonun ijrosi nazorat qilindi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida tumanda fuqarolarga pensiya va nafaqalarni to‘g‘ri hisoblash, o‘z vaqtida to‘lash hamda sohaga raqamli tizimlarni joriy etish orqali ovoragarchiliklarning oldini olish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining ijtimoiy huquqlarini ta’minlash borasidagi ushbu yo‘nalish kotibiyatning doimiy nazoratida qoladi.