Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati Abduraxim Umarov o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bugungi kunda tumanda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, hududlarda qulay infratuzilma yaratish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.