Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳✍️ “YAKKATUT” MFY HUDUDIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDAGI MASALA YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRIDI. “BESHQO‘RG‘ON” MFYDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI YANGILANDI
янв.21
Deputatlarning 2026-yil II chorakdagi saylovchilar bilan hisobot uchrashuvlari reja-jadvali yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri axborot berdi
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining xulosasi Kengash sessiyasida o‘qib eshittirildi.
янв.21
Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning xulosalari o‘qib eshittirildi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning xulosalarini o‘qib eshittirdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
янв.21
Deputat Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 20-Xonto‘pi saylov okrugida xotin-qizlar faollari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (6 iyul–10 iyul)
янв.21
13-Katta Qozirobod saylov okrugi deputati Muxammedova Barno Farxodovna tomonidan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi deputatlari J.Donayev hamda Q.Igamberdiyevalar "Toza hudud" davlat unitar korxonasining Qiziriq tumani filialiga tashrif buyurib, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2002-yil 5-aprel, O‘RQ–362-II-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tumanda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va belgilangan joylarga joylashtirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6