Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘roviga javob berildi.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH – YOSHLAR KELAJAGIGA QARATILGAN AMALIY E’TIBOR
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
✔️ Fuqarolar murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvahobovich Husainov 17-Bek to‘pi saylov okrugi fuqarolari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 29-iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Mirjalol Qosimovning Sergeli tumanidagi o'zi saylangan 16-Qipchoq saylov okrugidagi mahallalarida navbatdagi qabul va mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

🗓 30-iyun, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan "Yashil bog'" to'g'risidagi qarorni ijrosi yuzasidan Yunusobod tumanida o'rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 1-iyul, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

🗓 2-iyul, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Bektemir va Olmazor tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 3-iyul, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Yakkasaroy va Mirzo Ulug'bek tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1