Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI VA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan ZERO-WASTE MChJ Parkent tuman filiali faoliyati o‘rganildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Jarayon davomida korxona rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, tuman hududida maishiy chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi konteynerlarining soni va
joylashuvi, sanitariya holati, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.Mas’ul xodimlarning ma’lum qilishicha, bugungi kunda filialda qariyb 100 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Korxona tasarrufida 17 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnika, 244 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud.Shuningdek, barcha maxsus transport vositalariga GPS kuzatuv uskunalari o‘rnatilgani, bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, transport harakatini onlayn nazorat qilish va reja-grafik asosida samarali faoliyat yuritishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.Ma’lum qilinishicha, Parkent tumanidagi 53 ta mahallada qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida olib chiqib ketilmoqda. O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqishni qat’iy ta’minlash, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.Mazkur deputatlik nazorati hududlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash, chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3