Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–415) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Shovot tumani Kengashlari deputati E.Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirokida deputatning saylov okrugi — Mevazor mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat va yordamlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🏡 O‘rganish davomida to‘liq davlat ta’minotidagi nogironligi bo‘lgan fuqaro B.Qurbonboyeva xonadoniga tashrif buyurilib, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam:
💰 Uy-joyini ta’mirlash uchun 17 million so‘m mablag‘ ajratilgan;
📑 Mazkur mablag‘ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan;
⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 462-son qarori talablari asosida ajratilgan.
🔎 O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning sifati, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlarining amaldagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌟 Inson qadri ulug‘langan jamiyatda hech bir fuqaro e’tibordan chetda qolmaydi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi davlat siyosati ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 7