Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 #Doimiy_komissiya_yigʻilishi
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👩‍💼 Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi, Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi deputati B.Sapayeva olib bordi.
👥 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Abdullayeva, shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Xudoyberganov hamda S.Davletnazarov ishtirok etdilar.
📝 Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
📋 Kun tartibida:
🔹 Yangiariq tumani prokurorining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
🔹 Yangiariq tumani Ichki ishlar bo‘limining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
💬 Hisobotlar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
⚖️ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🤝 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga qaratilgan parlament nazorati izchil amalga oshirilmoqda.
#DoimiyKomissiya #KorrupsiyagaQarshiKurash #JamoatXavfsizligi #ParlamentNazorati #BSapayeva #Yangiariq #XalqDeputatlari #DeputatFaoliyati

Slide 1 of 3