O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva Paxtakor tumaniga tashrifi davomida Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda tumandagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida markazda yoshlar va aholining zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalarni o‘rganish hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markazda amalga oshirilayotgan loyihalar, o‘quv dasturlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Tashrif yakunida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va innovatsion muhitni kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.