Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xo‘jalik, ichki yo‘llar holati, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, masalalarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, hududdagi mavjud infratuzilma holati ham ko‘zdan kechirilib, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.