Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi piyodalar yo‘laklari muammosi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi
O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi

 O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashida Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi faoliyati, kotibiyat ish yuritishi, doimiy komissiyalar faoliyati, “E-Kengash” elektron tizimidan foydalanish holati hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida Kengash faoliyatida qator ijobiy jihatlar bilan birga, zudlik bilan bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ham aniqlandi.

Xususan, Kengash qarorlarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonlarida qonunchilik talablari buzilgan holatlar aniqlandi. Ayrim qarorlarda imloviy va texnik xatolar mavjudligi, qarorlarni qabul qilishda asoslovchi hujjatlar, doimiy komissiya xulosalari hamda tegishli murojaatlar to‘liq shakllantirilmagani tanqid qilindi.

Yig‘ilishda ayniqsa moliyaviy masalalarga oid qarorlarni qabul qilishda hujjatlar bilan ishlash sifati yetarli darajada emasligi ta’kidlandi.

Doimiy komissiyalar faoliyati bo‘yicha ham kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalaridagi ayrim masalalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan, rejalashtirilgan ayrim hisobot va axborotlar eshitilmagan. Shuningdek, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etishda hujjatlashtirish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagani bildirildi.

“E-Kengash” tizimidan foydalanish holati ham tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, 2026-yilda tizimga jami 27 ta yangilik joylashtirilgani qayd etildi.

Deputatlik so‘rovlari ijrosi bo‘yicha jami 142 ta so‘rov yuborilgan bo‘lib:
✅ 91 tasi belgilangan muddatda bajarilgan;
⚠️ 18 tasi kechikib javob berilgan;
❗️ 33 tasi bo‘yicha belgilangan muddat buzilgan va javob xatlari tizimga biriktirilmagan.

Shuningdek, deputatlar faoliyatiga oid papkalarni yuritish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli aks ettirish va ish rejalarini shakllantirish bo‘yicha ham kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Yig‘ilish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Kengash faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4