Deputatlar o‘rganishi: “Ilmobod” mahallasidagi masalalar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M. Sayfiddinova, Toyloq tuman Kengashi deputati N. Akramova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida “Ilmobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
💠O‘rganish davomida mahalla raisi bilan uchrashilib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda “Ilmobod” mahallasida obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va hududni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
💠Shuningdek, mahallaga biriktirilgan soliq inspektori bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi soliq tushumlari holati, tadbirkorlik subyektlari faoliyati va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🏛 Deputatlar tomonidan hududlarni o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqot qilish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.