Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
VILOYAT DEPUTATI TASHABBUSI BILAN NARPAYDA KENG QAMROVLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

VILOYAT DEPUTATI TASHABBUSI BILAN NARPAYDA KENG QAMROVLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

✔️Narpay tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida viloyat deputati N.Yarmuhammedova tashabbusi hamda Narpay tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

✔️Tadbir Narpay tumanidagi 12-son Oilaviy poliklinika binosida o‘tkazilib, unda viloyatdagi yetakchi tibbiyot oliygohi kafedralari professor-o‘qituvchilari, malakali mutaxassislar hamda tor yo‘nalishdagi shifokorlar ishtirok etdi.

✔️Tibbiy ko‘rik davomida kardiologiya, urologiya, jarrohlik, nevrologiya, otorinolaringologiya, pediatriya, tibbiy genetika, oftalmologiya hamda radiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolarga bepul maslahatlar berildi, zarur diagnostik tekshiruvlar amalga oshirildi.

✔️Aholi tomonidan ushbu tashabbus katta mamnuniyat bilan kutib olinib, uzoq hududlarga bormasdan turib yuqori malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish imkoniyati yaratilgani alohida e’tirof etildi.

✔️Mazkur tibbiy ko‘rik fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

✔️Tadbir yakunida viloyat deputati, Narpay tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda tibbiyot sohasi vakillari tomonidan bu kabi ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.

✔️Tadbir tashkilotchilariga, tibbiyot sohasi vakillariga hamda jarayonda faol ishtirok etgan barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildiriladi.

Mazkur tibbiy ko‘rikda quyidagi kafedra mudirlari va mutaxassislar faol ishtirok etmoqda:

🔹 Tashkenbayeva Eleonora Negmatovna – 2-son Ichki kasalliklar va kardiologiya kafedrasi mudiri;

🔹 Davronov Oybek Otabekovich (Bobokulov N.A.) – Urologiya kafedrasi mudiri;

🔹 Ruziboyev Sanjar Abdusalomovich – 2-son Xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri;

🔹 Hakimova Soxiba Ziyadullayevna – DKTF Nevrologiya kafedrasi mudiri;

🔹 Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna – 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri (LOR va audiogramma tekshiruvlari bilan);

🔹 Muhammadieva Lola Atamurodovna – 3-son Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi mudiri;

🔹 Boboyev Saidavzal Abdurahmonovich – Oftalmologiya kafedrasi mudiri;

🔹 Hamidov Obid Abdurahmonovich – DKTF Tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri (UZI mutaxassisi) lari qatnashdi.

Slide 1 of 7