Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib yashash sharoitlarini
yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov,
“20-Laylakuya” saylov okrugi deputati D.Sodiqova hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda Kengash xuzuridagi yoshlar maslaxat
guruxi vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5
fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish
orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda
kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son qarori
ijrosi doirasida Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan
ishlar o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan hamda
tarkibida I-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonda olib
borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Mazkur xonadonning yashash
sharoitlarini yaxshilash, uning xavfsiz va munosib turmush kechirishini
ta’minlash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu
ishlar “Qubbo Akbarabod mahalla servis kompaniyasi” MChJ tomonidan amalga
oshirilmoqda.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish
materiallarining holati hamda ishlarning belgilangan reja asosida olib
borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan loyiha doirasida
amalga oshirilishi belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish,
qurilish-ta’mirlash jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya
etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, xonadon a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ular yaratilayotgan
sharoitlar va ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun davlatimiz rahbariga hamda
davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash siyosatiga
samimiy minnatdorlik bildirdilar.
  

Slide 1 of 4