Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvahobovich Husainov 17-Bek to‘pi saylov okrugi fuqarolari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi.
янв.21
Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy turar joy kompleksini qurish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Charx Kamolon-2” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi va muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
Yozgi ta’til davrida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Qo‘qon shahar Kengashi deputati Feruza Kaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasidagi ta’lim va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, maktabda yozgi ta’til davrida “Sirli orol” nomli sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda oromgohda 30 nafar o‘quvchi dam olib, sog‘lomlashtirilmoqda. Ular uchun bir mahal issiq ovqat va nonushta tashkil etilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 4 ta fan to‘garagi hamda sport mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, mazkur oromgohda kam ta’minlangan oilada voyaga yetayotgan o‘quvchi F.Murodova bepul dam olayotgani aniqlandi.

O‘rganish davomida bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3