Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘roviga javob berildi.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH – YOSHLAR KELAJAGIGA QARATILGAN AMALIY E’TIBOR
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
✔️ Fuqarolar murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvahobovich Husainov 17-Bek to‘pi saylov okrugi fuqarolari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi.
Raqamli ekotizim va inson kapitali: Yoshlar uchun yangi davr imkoniyatlari

Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida Oʻzbekiston aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil etishini alohida taʼkidlab, demografik oʻsishni kuchli intellektual resursga aylantirish gʻoyasini ilgari surdilar. Forumda taklif etilgan "Inson kapitalini rivojlantirish qoʻshma onlayn-platformasi" chekka hududlardagi yoshlarimiz uchun ham eng zamonaviy bilimlarni olish, til oʻrganish va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, "Qoʻshma raqamli ekotizim" va raqamli savdo platformalari orqali yurtimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarni yirik tashqi bozorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri olib chiqish imkoniyati kengayadi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi pirovard natijada yangi sifatli ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va har bir inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan amaliy qadamlardir.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov