Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy turar joy kompleksini qurish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Charx Kamolon-2” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi va muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

        Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati S. Egamnazarova tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari O. Xalimov nomiga Cheksaroy va Chektuvadoq qishloqlarini bog‘lovchi asosiy yo‘l ostidan o‘tgan zovur quvurlarini maxsus texnika yordamida chiqarish hamda ularni chiqindilardan tozalash masalasida deputatlik so‘rovi kiritilgan edi.
Mazkur deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, Cheksaroy qishlog‘ining Navbahor ko‘chasi hamda Chektuvadoq qishlog‘ining Do‘stlik ko‘chasini kesib o‘tuvchi yo‘l ostidan o‘tgan kollektor tizimi to‘liq tozalandi. Shuningdek, foydalanish muddati o‘tgan va eskirgan quvurlar yangisiga almashtirildi.
Amalga oshirilgan ishlar hududda suv oqimini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasining mustahkamligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6