Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat nazorati doirasida yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Nazorat va ijro — deputatlik faoliyatining muhim mezoni
янв.21
Deputat tomonidan bolalar maydonchasi holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Aholi e’tirozlari asosida bolalar maydonchasi holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi orqali yosh sportchini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘tarildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Shu oyda sessiyaga kiritiladigan masala –Tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
➡️10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🌳 Mahalla bog‘idagi sug‘orish tizimi yaxshilandi
#tavsiyalar_asosida #doimiy_komissiya
#tavsiyalar_asosida
#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S. Xamrayev tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va pedagogik xizmatlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda inklyuziv muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish nogironligi bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4