⚽️ “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan 19-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
🏕 O‘rganish jarayonida maktab huzurida tashkil etilgan “Kamalak” yozgi oromgohi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, o‘quvchilar uchun yo‘lga qo‘yilgan futbol mashg‘ulotlari kuzatildi.
⚽️ Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.
✅ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, ularni sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.