Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi
янв.21
Chilonzorda chiqindi tashuvchi avtomashinalar aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda
янв.21
Yoshlar kelajagiga qaratilgan e’tibor – mahalla taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Deputat sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan 1-Qatortol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining muhim qarori qabul qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda jamoat salomatligi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus Ishchi guruh tuzish hamda o‘rganish savolnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalar o‘rganilishi belgilandi:
Aholining, ayniqsa bolalarning profilaktik emlashlar bilan qamrab olinishi, vaksinalar zaxirasi va ularni saqlash sharoitlari;
Yuqumli kasalliklarning tarqalish holati, epidemiologik vaziyat va xavf guruhlari bilan olib borilayotgan ishlar;
Ichimlik suvi sifati, suv ta’minoti tizimlarining sanitariya talablariga muvofiqligi va suvni zararsizlantirish ishlari;
Oqova suvlarni tozalash inshootlarining texnik holati hamda atrof-muhitga ta’siri;
Chiqindi poligonlari va axlatxonalar faoliyatining sanitariya me’yorlariga mosligi;
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, laboratoriya nazorati va sifatsiz mahsulotlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda sanitariya talablariga rioya etilishi;
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari samaradorligi.

Qarorga muvofiq, Ishchi guruh o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda olib boradi, yakunlari bo‘yicha batafsil dalolatnoma tayyorlaydi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni doimiy komissiya muhokamasiga kiritadi.

O‘rganish natijalari asosida tayyorlangan xulosalar Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur qaror ijrosi doimiy komissiya nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6