Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOlAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLI XAVFSIZLIGI VA INKLYUZIV MUHITNI TA’MINLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat nazoratida: murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
5-Chorx Kamolon saylov okrugida deputat Mahmudova Donoxon Artikovna hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abduqadirov Mirzohid Abduvahobovich ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi
янв.21
Yakkatut mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmati o‘rganildi
янв.21
Loyiha ijrosi o‘rganildi
Deputatlik vakolati va hokimlik mas’uliyati amalda

Deputatlik vakolati va hokimlik mas’uliyati amalda

🇺🇿 Deputatlarning saylangan okruglarda fuqarolar qabullarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “16-Algoritm” saylov okrugi deputati, ayni paytda Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan Diyorobod mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🗂 Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF–27-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududlardagi muammolarni manzilli hal etishga xizmat qilmoqda.

💼 Qabulda tuman prokurori S.Muxtarov, tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.Baxramov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma hamda obodonlashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📊 Murojaatlar tahliliga ko‘ra, qabul davomida 2 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Jumladan, fuqaro B.Po‘latovning mavsumiy savdo faoliyatini tashkil etish hamda fuqaro L.Kiselovaning uy-joyni xususiylashtirish masalasiga oid murojaatlari yuzasidan batafsil huquqiy izohlar taqdim etildi.

📇 Shuningdek, fuqaro G.Abduvaliyevaning davolanish uchun moddiy yordam ajratish hamda fuqaro M.Ahmadaliyevaning hududda piyodalar yo‘lagi qurish haqidagi murojaatlari amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi belgilandi. Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylar atrofidagi daraxtlarni tartibga keltirish, podval va tom qismlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq 3 ta masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga muddatli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

🗣 Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat alohida o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar kesimida tegishli vazifalar belgilandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning joyiga chiqib o‘rganilishi, amaliy yechim topishi va belgilangan muddatlarda ijro etilishi deputatlik nazoratida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

📝 Qabul yakunida barcha murojaatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 9