Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (29 iyun–3 iyul)
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash – xavfsiz mahalla sari muhim qadam
янв.21
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
янв.21
Liftlar holati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat tomonidan Lutfiy mahallasida hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "5-O'tkir" saylov okrugi deputati Abdullayev Ibrohimjon Nig'matillayevich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-son qaroriga binoan qabul qilingan Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturining Uchtepa tumanidagi ijrosi yuzasidan quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

1️⃣-masala. 2026-yilda Uchtepa tumani ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarida umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi ijrosi bo‘yicha:

✍️ 2026-yilda Uchtepa tumani hududida tasdiqlangan manzilli dastur asosida qurilishi belgilangan 11 ta bolalar maydonchasi bo‘yicha ishlar bugungi kunda qaysi bosqichda hamda ular qaysi muddatda to‘liq yakunlanadi?

✍️ O‘tkir MFY, Taqachi ko‘chasida belgilangan bolalar maydonchasi, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, yo‘laklarni betonlash va asfaltlash hamda boshqa infratuzilma ishlari qachon boshlanadi va qachon yakunlanadi?

2️⃣-masala. Zulfizar mahallasi Taqachi ko‘chasidagi yomg‘ir suvlari muammosi bo‘yicha:

✍️ Zulfizar mahallasi Taqachi ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uy atrofida yomg‘ir suvlarining to‘planib qolishining oldini olish maqsadida 70 metr uzunlikda latok o‘rnatish hamda 300 mm diametrli 12 metr quvur yotqizish ishlari qachon amalga oshirilishi hamda mavjud muammolarni hal etilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3