Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 20-Xonto‘pi saylov okrugida xotin-qizlar faollari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (6 iyul–10 iyul)
янв.21
13-Katta Qozirobod saylov okrugi deputati Muxammedova Barno Farxodovna tomonidan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI BILAN UCHRASHIB, HUDUDDAGI DOLZARB MASALALARNI MUHOKAMA QILDI.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi 3-iyul, soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylov okruglarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati O’rolova Dilrabo hamda tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan Mustaqillik mahallasi xotin-qizlari ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan himoya mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2