Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan yosh shaxmatchini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2026 yildagi "Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-69-sonli Farmoni va 21.05.2026 yildagi Vazirlar Mahkamasining VMQ-271-son qarorining Chilonzor tumanida ijrosi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot sessiyada ko‘rib chiqildi.
янв.21
Tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati sessiyadan oldin o'rganildi va ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQARONING UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
21-Xirmontepa saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratildi.
янв.21
Yosh sportchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deputatlik tashabbusi amaliy natija berdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Chilonzor tuman Kengashida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Ravshanbekov ishtirokida kotibiyat va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
88-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shahar rahbari tomonidan ta’lim muassasasini zamon talablari asosida rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 Shuningdek, hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, ichki yo‘llar va infratuzilma obyektlarini yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 Belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 Farzandlarimiz uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish — kelajak avlod kamoloti yo‘lidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 1