Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (25–26-may)
янв.21
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-763, Qabul qilingan sana 12.04.2022
янв.21
Beshqo‘rg‘on mahallasi hududida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari olib borildi
янв.21
Chilonzor tuman Hokimi S.Xolxo‘jaev xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga Farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
SAVOL-JAVOB
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
2-Chorx Kamolon mahallasida yoshlar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna deputatlik so'roviga javob.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-440, Qabul qilingan sana 29.08.2017 SAVOLNOMA
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sh.Tilovboyev bilan Chorvador MFY hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktlari faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar hamda tizimdagi ayrim muammolar muhokama qilindi.

Jumladan:

✅ Oilaviy shifokorlik punktlaridagi mavjud sharoitlar;
✅ Shtatlar birligi va tibbiyot xodimlari ta’minoti;
✅ Aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar;
✅ Homilador ayollar uchun ajratilayotgan dori-darmonlar;
✅ Bolalarga parazitlarga qarshi beriladigan dori vositalari;
✅Laboratoriya faoliyati hamda mavjud jihozlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.