Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tuman Hokimi S.Xolxo‘jaev xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga Farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
SAVOL-JAVOB
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
2-Chorx Kamolon mahallasida yoshlar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna deputatlik so'roviga javob.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-440, Qabul qilingan sana 29.08.2017 SAVOLNOMA
янв.21
Kengashining yigirma birinchi sessiyasida ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Imomov Sanjarali Tolkinovich tegishli xulosa haqida ma'lumot berdi.
янв.21
Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat Sultanov Bahodir Turg‘unovich “Minbar” tok-shousida ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududlarda amalga oshirilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Hisobot uchrashuvida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat bosh mutaxassislari, "Chig‘atoy Darboza" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla faollari va 30-“Chustiy” saylov okrugi fuqarolari hamda nuroniylari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, hududdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

🗣 Ta’kidlanganidek, B.Nurmatov axborot davrida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar faoliyatida faol qatnashib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bundan tashqari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni tungi yoritish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, issiqlik, gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

📁 Jumladan, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan mahalladagi fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli hal etish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hudud rivojiga amaliy hissa qo‘shish deputatlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

📆 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari doimiy nazoratga olingani qayd etildi.

💡 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Bildirilgan taklif va muammolarni qonuniy hamda tezkor hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 9