Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tuman Hokimi S.Xolxo‘jaev xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga Farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
SAVOL-JAVOB
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
2-Chorx Kamolon mahallasida yoshlar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna deputatlik so'roviga javob.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-440, Qabul qilingan sana 29.08.2017 SAVOLNOMA
янв.21
Kengashining yigirma birinchi sessiyasida ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Imomov Sanjarali Tolkinovich tegishli xulosa haqida ma'lumot berdi.
янв.21
Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat Sultanov Bahodir Turg‘unovich “Minbar” tok-shousida ishtirok etdi.
13-maktabda o‘quv sharoitlari o‘rganildi: qo‘shimcha bino zarur

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumurotov tomonidan hududdagi 13-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 O‘rganish jarayonida maktabning mavjud sharoitlari, sinfxonalar sig‘imi va o‘quv jarayoni tahlil qilindi. Ayni paytda mazkur maktabda o‘quvchilar 2 smenada tahsil olayotgani, bu esa o‘quv jarayoniga ma’lum darajada noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

📚 Shu bois maktab uchun qo‘shimcha bino qurish zarurati mavjudligi qayd etildi. Bu esa o‘quvchilarni bir smenali ta’limga o‘tkazish, ta’lim sifatini oshirish hamda qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur masalani hal etish, zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ta’lim sifatini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2