🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Xitoy mahallasida joylashgan 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📖 O‘rganish davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, pedagog xodimlar faoliyati hamda ta’lim jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
📝 Shuningdek, maktabdagi ichki muhit, dars jarayonlari, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.