Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlari O‘.Boyjonova, X.Ismatovlar Yorqin mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida mahalla yettiligiga ko'maklashdi.
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish orqali — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun oʻta muhim tadbirdir. Har bir fuqaroning ishtiroki aniq statistik maʼlumotlarni shakllantirishga, toʻgʻri davlat siyosatini yuritishga va hududlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.