Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli va sayyor o‘rganish ishlari davomida saylov okrugidagi aholini qiynayotgan qator masalalar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Sultonov Bahodir “Renessans TV” telekanalining “O‘zbekistonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida islohotlar” mavzusidagi ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
янв.21
🎡 Deputat Nazirov Madaminjon Ma’rufjon tomonidan Dream Park faoliyati, parkda yozgi ta’til mavsumida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 📄Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOlAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda o‘zi saylangan 18-Yakkaterak saylov okrugidagi “Yakkaterak” mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirokida ezgu va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida maktabning faxriy, ko‘p yillik mehnat faoliyati bilan yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan keksa ustoz-o‘qituvchilar xonadonlariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi hamda samimiy ehtirom ko‘rsatildi.

Uchrashuvlar davomida nuroniy ustozlarning hayotiy tajribasi, fidokorona mehnati va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida iliq suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, yoshlarning ustozlarga bo‘lgan hurmati va e’tibori barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda “ustozga ehtirom” qadriyatini yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, insoniylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#I_Qurbonov #A_Mamarajabov

Slide 1 of 3