Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
“Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha savolnoma
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (12-15 may)
янв.21
Charx Kamolon-3 mahalla Baynal minal ko‘chasi 55 uy yonidagi bolalar maydonchasi to‘g‘risida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Deputat nazorati belgilandi
янв.21
Aholi murojaatlari ijrosi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muhabbatx Haydaraliyevna tomonidan Sharaf mahallasi hududidagi 26-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaatlari asosida hududdagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
5-Charx Kamolon okrugida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Deputat va xalq uchrashuvi: muammolar eshitildi, yechimlar belgilandi
янв.21
CHILONZOR TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARI DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERDI.
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan
deputat, doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan Parkent tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida deputatlar markaz xodimlari tomonidan aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish ishlari hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, markaz rahbari D. Turdialiyev bilan o‘tkazilgan suhbatda bugungi kunda markaz direktori va besh nafar xodim tomonidan aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelinayotgani, markaz orqali 550 ga yaqin, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali esa 800 ga yaqin davlat xizmatlari taqdim etilishi ta’kidlandi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil birinchi choragida tuman davlat xizmatlari markazlari tomonidan kommunal, ijtimoiy va boshqa
yo‘nalishlar bo‘yicha 100 617 ta xizmat ko‘rsatilgan. Shuningdek, 340 ta yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti va 180 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha esa 2354 ta xizmat ko‘rsatilgan. Olis hududlardagi fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida mahallalarda infokioskalar o‘rnatilayotgani, ayni paytda Parkent tumani “Bo‘ston” MFYda infokiosk faoliyat yuritayotgani ham qayd etildi. Markazda fuqarolar uchun kutish zallari, ona va bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilib, zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Tashrif yakunida deputatlar tomonidan davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli tashkil etish, xususan olis hududlarda sayyor xizmatlarni kengaytirish, yoshlar o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishni targ‘ib qilish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 6