Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
407-sonli bog‘chada ta’mir ishlariga 1 milliard 10 million so‘m ajratildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash — kuchli ijtimoiy himoya va inklyuziv jamiyat sari muhim qadam
янв.21
TO‘LOVLAR VA TO‘LOV TIZIMLARI TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SAVOLNOMA
янв.21
O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Chilonzor tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Aptikovna rahbarligida O‘zbekiston XDP Chilonzor tuman kengashining navbatdagi IV Plenumi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
“Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha savolnoma
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (12-15 may)
янв.21
Charx Kamolon-3 mahalla Baynal minal ko‘chasi 55 uy yonidagi bolalar maydonchasi to‘g‘risida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Deputat nazorati belgilandi
янв.21
Aholi murojaatlari ijrosi amalga oshirilmoqda
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”

“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”

9-may — yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadigan ulug‘ sana hisoblanadi. Bu kun Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning jasorati va matonatini e’zozlashga bag‘ishlanadi.

Mazkur sana munosabati bilan “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida ma’rifat tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich ishtirok etdi.

Ma’rifat tadbiri davomida xotira va qadrlash tushunchasining ma’naviy ahamiyati, ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda tarixiy xotirani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib, xotira va qadrlashning yuksak insoniy fazilat ekanini yana bir bor eslatdi.

Slide 1 of 4