Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (12-15 may)
янв.21
Charx Kamolon-3 mahalla Baynal minal ko‘chasi 55 uy yonidagi bolalar maydonchasi to‘g‘risida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Deputat nazorati belgilandi
янв.21
Aholi murojaatlari ijrosi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muhabbatx Haydaraliyevna tomonidan Sharaf mahallasi hududidagi 26-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaatlari asosida hududdagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
5-Charx Kamolon okrugida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Deputat va xalq uchrashuvi: muammolar eshitildi, yechimlar belgilandi
янв.21
CHILONZOR TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARI DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida deputat so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
“Yashil bog‘” loyihasining holati o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Matirzayev va M.O'razbayevlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qarori hamda xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 2025-yil 19-iyundagi VII-10-62-13-181-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Choyko‘l OFY hududida barpo etilgan “Yashil bog‘" loyihasining amaldagi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda jami 1260 dona yirik hajmli ko‘chatlar ekilgani aniqlandi. Jumladan, 663 dona qayrag‘och hamda 597 dona yasen (shumtol) daraxtlari o‘tqazilgan.

Hozirgi kunda bog‘ hududi muntazam sug‘orilmoqda va ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi 96–98 foizni tashkil etmoqda. Bu esa amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 5