Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (4-8 may)
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Murojaat e’tiborsiz qolmadi
янв.21
Xirmontepa MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi
янв.21
Lutfiy” mahallasida okrug deputati R.R. Xidiyatulina mavjud muammolar yuzasidan organish olib bordi.
янв.21
Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog‘ mahallasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar

“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “12-Nazarbek” saylov okrugi deputati Avaz Abrarovich Xudayberganov tomonidan tuman hokimligi mas'ul rahbarlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan uchrashuvlar jadvaliga asosan “Chamanzor” MFY hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv deputatning 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha axboroti bilan uyg'un holda tashkil etilib, unda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.

 🔼 Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, xususan, deputatlik so‘rovlari orqali hal etilgan masalalar, mahallada olib borilgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan muammolar tizimli ravishda o‘rganilib, ularning aksariyatiga amaliy yechim topilmoqda.

 💬 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan, Uchtepa ko‘chasi 49-uyda istiqomat qiluvchi M.Xamdamova hamda Chakmoniy ko‘chasi 23-uyda yashovchi A.Doniyorov tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ushbu masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.

 ↗️ Shuningdek, uchrashuv davomida hududda amalga oshirilgan aniq ishlar misol tariqasida keltirildi. Xususan, Uchtepa ko‘chasini joriy ta’mirlash maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3000 kv.metr maydonda asfaltlash ishlari bajarilib, buning uchun 264 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani alohida ta’kidlandi. Bu kabi ishlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 ✅ Bundan tashqari, kelgusidagi ustuvor vazifalar ham muhokama qilindi. Xususan, jamoat transporti yo‘nalishlarining so‘nggi bekatlariga zamonaviy avtobus bekatlari o‘rnatish, tungi yoritish tizimini kengaytirish orqali ko‘chalar xavfsizligini ta’minlash masalalari deputatning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilandi.

 💼 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni tizimli hal etish, ularni doimiy deputatlik nazoratiga olish hamda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Bunday uchrashuvlar hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyida aniqlash va tezkor choralar ko‘rishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6