Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (12-15 may)
янв.21
Charx Kamolon-3 mahalla Baynal minal ko‘chasi 55 uy yonidagi bolalar maydonchasi to‘g‘risida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Deputat nazorati belgilandi
янв.21
Aholi murojaatlari ijrosi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muhabbatx Haydaraliyevna tomonidan Sharaf mahallasi hududidagi 26-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaatlari asosida hududdagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
5-Charx Kamolon okrugida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Deputat va xalq uchrashuvi: muammolar eshitildi, yechimlar belgilandi
янв.21
CHILONZOR TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARI DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida deputat so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
#sessiya

#sessiya

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiya ishida tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kotibiyat mudiri, tuman korxona va tashkilot rahbarlari, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida 7 ta masala ko‘rib chiqildi va ular atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar:

1. O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yilning I-choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha axboroti to‘g‘risida

Axborot beruvchi: 

Kamilov Ulug‘bek Maxmudovich – O‘rta Chirchiq tuman Prokurori

2. O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning o‘tgan 3 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchi:

Abdullayev Bosit Botirovich - tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

3. Ijtimoiy reyestirdagi 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mexnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash borasida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchi:

Akbarov Ulug‘bek Ayubxanovich - O‘rta Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish bo‘lim boshlig‘i

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2021-yil 13-aprelidagi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 24-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida

Hisobot beruvchi:

Akbarov Ulug‘bek Ayubxanovich - O‘rta Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish bo‘lim boshlig‘i

5. 2026-yilda O‘rta Chirchiq tuman xududida “Yashil belbog‘"lar barpo etish to‘g‘risida

Hisobot beruvchi:

Akbarov Ulug‘bek Ayubxanovich - O‘rta Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish bo‘lim boshlig‘i

6. O‘rta Chirchiq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi:

Bazarbayev Umid Maxamadjonovich - tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i 

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son Qarorining O‘rta Chirchiq tumanidagi ijrosi to‘g‘risida

Hisobot beruvchi:

Bazarbayev Umid Maxamadjonovich - tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 11