Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
🎉 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tabrik
янв.21
Aholi murojaatlari — deputatlar diqqat markazida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: BAYNALMINAL KO‘CHASIDA YANGI AVTOBUS BEKATI O'RNATILDI.
янв.21
✔️15-NAQQOSHLIK OKRUGIDA O‘RGANISH ISHLARI: KO‘P QAVATLI UYLAR BOSHQARUVI VA LIFTLAR HOLATI NAZORATDA.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 21-Xirmontepa okrugidan saylangan deputat Mavlonov Azam Qarshiyevich saylovchilar oldida 2026-yilning I choragidagi faoliyati bo‘yicha axborot berdi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Deputat A. Mavlonov tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tarixga ehtirom – kelajak uchun mustahkam poydevor

 Deputat tadbir davomida madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning ahamiyati, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va uni keng targ‘ib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. U o‘z nutqida Sohibqiron Amir Temurning boy merosi, uning davlat boshqaruvidagi tajribasi, adolat va qat’iyatga asoslangan siyosati bugungi jamiyat rivojida ham muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

 Shuningdek, Mushurmonova Shodiya bunday tadbirlar orqali aholi, ayniqsa yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarurligini bildirdi. Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

 Tadbir davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid ma’ruzalar, chiqishlar hamda badiiy namoyishlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan Sohibqironning ibratli hayot yo‘li, tarixdagi o‘rni va bugungi avlod uchun ahamiyati keng yoritib berildi.

 Ta’kidlash joizki, deputatlar tomonidan bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyatda ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

 Mazkur tadbir tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash va kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 1