Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
20-Xonto‘pi saylov okrugida deputat -Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna saylovchilar bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi hamda 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Sog‘lom turmush sari yana bir qadam: Chilonzorda sport tashabbuslari.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20-24 aprel)
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
"Deputat va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
DEPUTAT NAZORATI

Joriy yilning 9-aprel kuni xalq deputatlari shahar Kengashiga 6-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat F.Soyipov, shahar Kengashi kotibiyat mudiri E.Davlatov va bosh mutaxassisi M.Xudayberdiyevalar tomonidan shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimi ishtirokida shahar ko‘chalarini tunda yoritilishi holati o‘rganildi. O‘rgnish natijasida shahar ko‘chalarini yoritish chiroqlarini saqlash, ta’mirlash hamda nazorat qilish shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansida ekanligi, shaharda 988 ta elektr toki bilan ishlovchi yoritgich va 628 ta simyog‘och hamda quyosh panili orqali yoritiladigan 2061 ta yoritgich va 1180 ta simyog‘och mavjudligi, shahardagi barcha tungi yoritgich chiroqlari vaqt relisi orqali boshqarilib, kunning chiqishiga va tunning botishiga qarab vaqtlari o‘zgartirib turilishi, ayni vaqtda kechqurun soat 19-00 da chiroqlar yondirilib, tonggi soat 06-20 da o‘chirilayotganligi, barcha yoritgichlar soz holatda ekanligi aniqlandi. Deputatlar tomonidan tungi yoritgichlarni doimiy ravishda ishlashini nazorat qilish, shahar kuchalaridagi va mahallalardagi nosoz holga kelgan yoritgichlarni almashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

Slide 1 of 5