Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Charx Kamolon okrugida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Deputat va xalq uchrashuvi: muammolar eshitildi, yechimlar belgilandi
янв.21
CHILONZOR TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARI DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida deputat so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputatlar partiya dasturlari asosida yangi loyihalarda o'z takliflarini ilgari surmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida hududdagi muhim ijtimoiy masalalardan biri hal qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna tomonidan aholini qiynayotgan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
янв.21
Deputat Xusainov Alisher Abduvaxobovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Bozorlarda narx-navolar o‘rganildi
CHINOZ TUMANIDA.DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Qaror hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengash deputatlari va Senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan

✅Shu asosda Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputatlarining saylov okruglarida belgilangan reja-jadvalga asosan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

♻️25-Amir Temur saylov okrugidan saylangan deputat Abdurashid Arslanov tomonidan tumandagi Amir Temur mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, shuningdek ijtimoiy sohadagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

❇️Yig'ilishda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv yakunida mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3