Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (4-8 may)
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Murojaat e’tiborsiz qolmadi
янв.21
Xirmontepa MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi
янв.21
Lutfiy” mahallasida okrug deputati R.R. Xidiyatulina mavjud muammolar yuzasidan organish olib bordi.
янв.21
Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog‘ mahallasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT — BARQARORLIK VA OSOYISHTALIK GAROVI

Mamlakatimizda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish hamda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda “Xavfsiz muhit” tamoyilini qaror toptirish maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva “Shodlik” mahallasida aholi vakillari va bir guruh faol fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni kuchaytirish, Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlik va sportga keng jalb qilish orqali yot g‘oyalar ta’siridan asrash, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish va ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Suhbat davomida deputat D.Atayeva fuqarolarning muammolari va takliflarini tingladi. Ta’kidlanganidek, har bir mahalla fuqarosi o‘zi yashayotgan hududning tinchligi uchun mas’ul ekanligini his qilishi, "O‘z mahallangni o‘zing asra" tamoyili asosida hushyorlikni oshirishi lozim. 

Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ijrosini nazoratga olish belgilab olindi. Zero, mahalladagi tinchlik va tartib — jamiyat barqarorligining mustahkam poydevoridir.